
Fransua Olland va Jyuli Gaye.
Foto: «GlobalLookPress»
Fransiya sobiq prezidenti, 67 yoshli Fransua Olland birinchi marta rasmiy nikohdan o‘tdi. Rafiqasi — 50 yoshli aktrisa Jyuli Gaye bilan sakkiz yildan beri yaqin munosabatlarda.
Nikoh marosimi Olland uzoq yillar mer lavozimida ishlagan Tyul shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «France Info» radiostansiyasi.
Fransua Olland 2012—2017 yillarda, Emmanuel Makrondan avval, Fransiya prezidenti bo‘lgan.
Ollandning aktrisa Gaye bilan munosabatalari ommaga oshkor bo‘lgach, 2014 yilda jurnalist Valeri Triyerveyler bilan orasi uzilgan. Yana bir norasmiy nikohi — partiyadoshi (Sotsialistlar partiyasi) Segolen Ruayal bilan Olland to‘rt farzandni dunyoga keltirishgan. Gayening esa 2006 yilgacha bo‘lgan sobiq turmushidan ikkita bolasi bor.
Jyuli Gaye 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar