Germaniya Ukrainaga og‘ir artilleriya qurollarini yetkazishda davom etmoqchi

Foto: Global Look Press
Germaniya Ukrainaga og‘ir artilleriya qurollarini yetkazishni to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda mamlakat kansleri Olaf Shols ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
«Germaniya tarixiy qaror qabul qilgan va inqirozli mintaqa — Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda... Biz u yerga ko‘p qurol yetkazib berdik va bu ishni davom ettiramiz. Jumladan, Ukrainaga og‘ir artilleriya qurollarini beramiz», – deya takrorlagan Shols Berlinda o‘tgan VAP xalqaro xorij matbuoti ittifoqining matbuot anjumanida.
Shuningdek, u Germaniyaning Ukrainaga raketa hujumidan himoya qurollari, zirxli transportyotlar, amunitsiya yetkazib berilganini eslatib o‘tgan.
Avvalroq Germaniya parlamenti «Gepard» nomli nemis zenit qurollarini va PzH 2000 (nemis tilida - Panzerhaubitze 2000) artilleriya qurolini Ukrainaga yetkazib berishni ma’qullagandi. Bu kabi qurol-yarog‘dan jami yetti donasi Kiyev ixtiyoriga topshirilishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Germaniya Ukrainaga og‘ir artilleriya qurollarini yetkazishni to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda mamlakat kansleri Olaf Shols ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
«Germaniya tarixiy qaror qabul qilgan va inqirozli mintaqa — Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda... Biz u yerga ko‘p qurol yetkazib berdik va bu ishni davom ettiramiz. Jumladan, Ukrainaga og‘ir artilleriya qurollarini beramiz», – deya takrorlagan Shols Berlinda o‘tgan VAP xalqaro xorij matbuoti ittifoqining matbuot anjumanida.
Shuningdek, u Germaniyaning Ukrainaga raketa hujumidan himoya qurollari, zirxli transportyotlar, amunitsiya yetkazib berilganini eslatib o‘tgan.
Avvalroq Germaniya parlamenti «Gepard» nomli nemis zenit qurollarini va PzH 2000 (nemis tilida - Panzerhaubitze 2000) artilleriya qurolini Ukrainaga yetkazib berishni ma’qullagandi. Bu kabi qurol-yarog‘dan jami yetti donasi Kiyev ixtiyoriga topshirilishi kutilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…