19:35 / 15.06.2022
2 141

Yevropaning Rossiya yonilg‘isidan voz kechishi butun dunyo uchun jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda

Yevropaning Rossiya yonilg‘isidan voz kechishi butun dunyo uchun jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda
Foto: Bloomberg
Yevropaning Rossiya yonilg‘isidan voz kechish kampaniyasi Moskvani Ukrainaga bostirib kirgani uchun jazolashga mo‘ljallangan edi. Bloomberg nashri buning Osiyoga oqibatlari haqida so‘z yuritdi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush Pokistonga jiddiy talafotlar yetkazdi. Bundan o‘n yil oldin dunyoning aholisi bo‘yicha beshinchi mamlakati bugungi kunda narxlarning keskin ko‘tarilishidan himoyalanish choralar ko‘rmoqda.

Mamlakat suyultirilgan gazga katta miqdorda sarmoya kiritib, Italiya va Qatardagi yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolagan edi.

Biroq yetkazib beruvchilar Pokiston bilan shartnomani bekor qilib Rossiya neft va gazi o‘rniga muqobil izlayotgan yanada daromadli Yevropa bozoriga sotishmoqda.

O‘tgan Hayit bayrami arafasida elektr to‘xtab qolmasligi uchun hukumat bozordan LNG (suyultirilgan gaz) jo‘natmasini 100 mln dollarga sotib oldi. Bu raqam naqd pul tanqisligi kuzatilayotgan mamlakat uchun rekord darajada ko‘pdir.

Iyulda yakunlanadigan moliyaviy yilda mamlakatning LNG uchun xarajatlari 5 milliard dollardan oshishi mumkin, bu bir yil avvalgidan ikki baravar ko‘p.

Shunga qaramay, hukumat o‘z fuqarolari uchun ahvolni yumshata olmaydi: Xalqaro valyuta jamg‘armasi yoqilg‘i va elektr energiyasiga subsidiyalarni qisqartirish sharti bilan Pokiston xalqini qutqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Hozir Pokistonning ba’zi hududlarida 12 soatdan ko‘proq vaqt davomida rejalashtirilgan elektr uzilishlari kuzatilmoqda, bu esa davom etayotgan jaziramada konditsionerdan foydalanishni cheklaydi.

Pokistonning sobiq bosh vaziri olomonni mitinglar va norozilik namoyishlariga jalb etishda davom etmoqda, bu esa fuqarolarning 13,8 foizga o‘sayotgan inflyatsiyadan g‘azabini kuchaytirmoqda.

O‘tgan hafta hukumat energiyani tejash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘plamini e’lon qildi. Davlat xizmatchilari shanba kungi navbatdagi smenalardan ozod qilindi va xavfsizlik xodimlari uchun budjet 50 foizga qisqartirildi.

Elektr uzilishlar paytida xizmatni davom ettirish uchun uyali uyali aloqa operatorlari zaxira generatorlaridan foydalanmoqda, biroq ularda ham yoqilg‘i tugayapti.

So‘nggi ikki yil ichida LNG narxi birinchi navbatda pandemiyadan keyingi talab, so‘ngra Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli 1000 foizdan ortiq oshdi.

Rossiya Yevropaning eng yirik tabiiy gaz yetkazib beruvchisi bo‘lib, ta’minotdagi uzilishlar tahdidi mart oyida narxlarni rekord darajaga ko‘tardi.

Foto: Bloomberg
Yevropada LNG‘ga bo‘lgan talab keskin oshmoqda va joriy yilda LNG importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga oshdi. Yaqin yillarda narxlar pasayishi kuzatilmayapti.

Yevropa Ittifoqidagi siyosatchilar Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bilan aloqalarni uzgani sababli gazga muqobil sifatida LNG yetkazib berishni sezilarli darajada oshirish rejasini ishlab chiqdi.

Shu sababli Yevropa dunyodan katta miqdorda LNG so‘ramoqda. Bu esa rivojlanayotgan dunyo mamlakatlariga kamroq LNG borishini anglatadi.

2017 yilda Pokistonni LNG bilan ta’minlash uchun ancha arzon narxlarda shartnoma imzolagan Italiyaning Eni SpA va Gunvor Group kompaniyalari Yevropada narxlar oshishi zahotiyoq bitimni bekor qildi.

Shu tariqa Pokistonda energiya inqirozi boshlandi va u yolg‘iz emas. Dunyo bo‘ylab ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar cheklangan budjetlari doirasida aholining ehtiyojlarini qondirishga harakat qilmoqda.

Moliyaviy inqiroz va yirik neft tanqisligi sharoitida Shri-Lanka yoqilg‘i sotib olish uchun Rossiyaga murojaat qildi.

Pokiston, shuningdek, Rossiyaning LNG yetkazib beruvchilari bilan uzoq muddatli shartnomalarni o‘rganmoqda.

Hindiston allaqachon Rossiyadan xaridlarni kuchaytirgan, bu tendensiya tezlashishi mumkin. Yozning jaziramasiga javoban hukumat elektr stansiyalariga xorijdan yoqilg‘i sotib olishni buyurdi.

Bangladesh va Myanmada ham bu muammo kuzatilmoqda. Narxlarning yuqoriligi tufayli ikki davlat LNG sotib olishga qiynalmoqda.

Yevropadagi katta o‘zgarishlar Hindiston va Gana kabi boshqa mamlakatlarni LNG’ga qaramlikni oshirish bo‘yicha rejalarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Ayrim davlatlar atmosferaga nihoyatda zararli moddalar chiqaruvchi ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishni ko‘paytirmoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropaning Rossiya yonilg‘isidan voz kechishi butun dunyo uchun jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda