
Foto: Pixabay
Astronomlar tungi osmon bezagiga aylanuvchi noyob hodisa — «sayyoralar paradi» boshlanishidan xabar berishdi: 18 yilda ilk marta Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn bir chiziqda joylashadi. Hodisa 24 iyun soat 4:10 dan boshlanadi, deb yozdi Science Focus.
Durbin yoki teleskopda Venera va Oy o‘rtasidagi Uranni ko‘rish mumkin. Bir necha oy davomida sayyoralar tarqalishni boshlaydi.
Sayyoralar so‘nggi marotaba 2004 yilda shu taxlit saflanishgan, keyingi «parad» — 2040 yilda.
Sayyoralar paradining o‘ziga xosligi — yorqinligi. Osmon ochiq bo‘lsa hodisani hatto katta shaharlarda ham kuzatish mumkin.

Foto: Science Focus
Dastlab Saturn, undan so‘ng esa tungi osmondagi eng yorqin yulduz — Siriusdan ikki karra yorug‘roq Yupiter paydo bo‘ladi. So‘ngra Mars safga qo‘shiladi. To‘rtinchi bo‘lib qo‘shilgan Venera paradning eng yorqin ob’ektiga aylanadi. Eng oxirida — mitti Merkuriy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar