
Foto: Bank of Finland Bulletin
Xitoy AQSHni ortda qoldirib dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi, deb yozdi Visual Capitalist Iqtisodiy va biznes tadqiqotlar markazi (CEBR) tadqiqoti — World Economic League Table 2022 ga asoslanib.
2031 yilda jahon iqtisodiyotida kuchlar nisbati jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Xitoy AQSHdan o‘zib, dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi, Hindiston YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tariladi.
CEBR mutaxassislari 2031 yilda uch yetakchi mamlakat YAIM hajmini quyidagi ko‘rishmoqda:
1. Xitoy YAIM — $37,6 trillion;
2. AQSH YAIM — $35,4 trillion;
3. Hindiston YAIM — $6,8 trillion.
Jahon iqtisodiy markazi Yevropa va Shimoliy Amerikadan Osiyoga allaqachon ko‘chib bo‘lgan, deyiladi hisobotda. Bu global siljish savdodagi to‘siqlar olib tashlanishi, katta iqtisodiy erkinliklar berilishi natijasi bo‘lib, qit’aga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar oqimi kuchaydi.
Dunyoning 5 yirik iqtisodiyotidan uchtasi Osiyo mamlakati bo‘ladi: Xitoy, Hindiston, Yaponiya.
Eng yirik iqtisodiyotlar top-10taligida Yevropaning 4 mamlakati joylashadi: Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya.
Iqtisodiyoti eng yirik mamlakatlar (top-15)

Infografika: CEBR “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar