Foto: Picture Alliance
Niderlandiya hukumati fermerlarni azot chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishga majbur qilmoqchi. Bu ko‘plab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini bankrot qilishi mumkin, shuning uchun ular norozilik namoyishlarini uyushtirdi.
Niderlandiyaning ko‘plab hududlarida fermerlar hukumatning azot chiqindilarini kamaytirish rejalariga norozilik bildirib, bir necha soat davomida transport harakatini to‘xtatib qo‘ydi. 27 iyun, dushanba kuni o‘nlab traktorlar va pichan yordamida avtomagistrallar, kirish yo‘llari va qishloq yo‘llari to‘sildi. Mamlakat shimolidagi Groningen provinsiyasida Germaniya bilan chegaradagi bir qancha chegara punktlari yopildi.
Rasmiylarga ko‘ra, tirbandliklar bir necha kilometrlarga cho‘zilgan, ayniqsa mamlakat janubi-sharqi va shimolida bu yaqqol sezilgan.
O‘nlab fermerlar turli shaharlardagi hokimliklar binolari, shuningdek, teleradiostansiyalar milliy markazi – Xilversyumdagi Mediaparkda norozilik namoyishlarida ishtirok etdi. Kechqurun g‘azablangan fermerlar tabiat vaziri Kristianna van der Val-Zeggelinkning qarorgohi oldida to‘plandi.
Niderlandiya Oliy sudining qaroriga ko‘ra, azot chiqindilari sezilarli darajada kamayishi kerak - xususan, tabiiy hududlarda ularning ko‘rsatkichi taxminan 70 foizga qisqarishi lozim. Biroq, hukumatga ko‘ra, bu chorvachilik fermalarining uchdan bir qismini bankrotlikka olib kelishi mumkin, chunki azotning asosiy qismi qishloq xo‘jaligida ishlab chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»