Foto: Fronteiras do Pensamento
«Tarixning tugashi» kitobi muallifi, amerikalik siyosatshunos Frensis Fukuyama Rossiyaga kirishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatidan joy oldi. Fukuyamani Rossiya tashqi ishlar vazirligi «qora ro‘yxat»ga kiritdi.
Rossiya TIV bugun, 28 iyunda e’lon qilgan taqiqlangan shaxslar ro‘yxatida yana 25 nafar AQSH fuqarosi, jumladan, Jo Baydenning rafiqasi va qizi ham bor.
Fukuyama AQSH prezidenti Joy Baydenni, Rossiya Ukraina atrofidagi vaziyatni keskinlashtirgan taqdirda, bu davlatga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini tuzishga chaqirgan shaxslardan biri. Bu undov hali Rossiya Ukrainaga urush ochmasidan avval bo‘lgan.
AQSHning Stenford universiteti professori Frensis Fukuyama «American Purpose» nashrida chop etilgan muxtasar maqolasida Ukrainadagi urushga o‘z munosabatini bildirgan edi. Fukuyamaning Rossiya Ukrainada shubhasiz mag‘lubiyatga uchrashi ta’kidlangan 12 banddan iborat bashorat va tavsiyalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
70 yoshli Yosixiro Frensis Fukuyama — yapon millatiga mansub Amerika faylasufi, siyosatshunos, siyosiy iqtisodchi va yozuvchi. Dunyo bo‘ylab shov-shuv uyg‘otgan «Tarixning tugashi va so‘nggi odam» bestselleri muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»