Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 iyun kuni amaliy tashrif bilan Tojikistonga keldi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» nashri. Putin aeroportda uni shaxsan kutib olgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov avvalroq Putin va Rahmon o‘rtasidagi muloqot kechgacha davom etishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar ham ikki tomonlama, ham xalqaro mavzularni, jumladan, qator sohalardagi hamkorlik, Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi. Ular Tojikistonning YOIIga kirishi masalasini ham muhokama qilishi mumkin.
Bu ikki davlat rahbarlarining joriy yildagi ikkinchi shaxsiy uchrashuvidir –ular, avvalroq 16 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan KHSHT yubiley sammitida ishtirok etgan edi. Bundan tashqari, Putin va Rahmon yanvar oyidan beri olti marta telefon orqali gaplashgan.
Putin Tojikistondan so‘ng Ashxobodga boradi va u yerda 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan «Kaspiy beshligi» sammitida ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»