Foto: Google Images
Gulnora Karimovaga aloqador hashamatli ko‘chmas mulk, u va sheriklari qamoqxonada bo‘lsa-da, 285 foizlik foyda bilan sotilgan. Bu haqda The Globe and Mail nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Gonkongning eng qimmat hududida joylashgan The Arch majmuasidagi pentxaus 2008 yilda Gulnora Karimovaga tegishli kompaniya tomonidan 36,6 million dollarga sotib olingan.
Keyinroq uy, Karimovaning ko‘plab bizneslariga sherik bo‘lgan, «Dado» guruhi sobiq solisti Rustam Madumarovga sotilgan. 2016 yilda, Gulnora Karimova va Rustam Madumarov qamoqda bo‘lgan paytda bu pentxaus 68,4 million dollarga, 285 lik foyda bilan yana sotilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 18 martda Toshkent shahar sudi hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Jazo muddatini 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblash belgilangan.
2019 yil mart oyida AQSH Gulnora Karimova va Uzdunrobita’ning sobiq bosh direktori Behzod Ahmedovni korrupsiya va 865 million dollardan ko‘proq pulni «yuvgan»likda ayblagandi. 24 iyunda esa Shveysariya Bosh prokuraturasi Karimova ishi bo‘yicha muzlatilgan 130 million shveysar kronasi (133,7 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni O‘zbekistonga qaytarishini ma’lum qilgandi.
2020 yilning sentabrga kelib, Shveysariya hukumati musodara qilingan pul mablag‘larini O‘zbekistonga qaytarish shartlari bo‘yicha mamlakat hukumatlari kelishuvga erishganini ma’lum qildi. O‘shanda Karimovaning Shveysariyadagi hisoblaridan olingan 131 million dollarlik mablag‘ O‘zbekistonga qaytarilishi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...