Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, G‘arbning Rossiya va Belarusga bosimi bu ikki davlatni «birlashish jarayonlarini tezlashtirishiga» majbur qilmoqda. Bu haqda u Rossiya va Belarus mintaqalarining IX forumi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.
«G‘arbning misli ko‘rilmagan siyosiy va sanksiyalar bosimi bizni birlashish jarayonlarini tezlashtirishga undamoqda. Zero, birgalikda noqonuniy sanksiyalardan yetkaziladigan zararni minimallashtirish, talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi vakolatlarni amalga oshirish va do‘st davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish osonroq», degan u.
Aleksandr Lukashenko, o‘z navbatida, forum ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida sobiq ittifoq mamlakatlari «agar o‘zlarining suvereniteti va mustaqilligi saqlab qolishni istasalar», Rossiya va Belarus ittifoqi bilan yaqinlashuvdan «manfaatdor bo‘lishlari» kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, bu Lukashenkoning MDH davlatlariga qara aytgan birinchi tahdidli chiqishi emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...