12:12 / 02.07.2022
1 209

YEI yangi sanksiyalar paketida Kaliningrad tranziti qoidalarini o‘zgartirishi mumkin

YEI yangi sanksiyalar paketida Kaliningrad tranziti qoidalarini o‘zgartirishi mumkin
Foto: Unsplash
Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining yangi paketi G‘arb cheklovlari ostidagi Rossiya tovarlarini Litva orqali Kaliningrad viloyatiga olib o‘tish qoidalariga tuzatishlar kiritishi mumkin. Bu haqda Bloomberg nashri manbalari xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim yevropalik rasmiylar Litvaga sanksiya ostidagi tovarlarni o‘z hududi orqali Kaliningradga o‘tkazishga ruxsat berish uchun bosim o‘tkazilishi mumkinligidan xavotirda.

Bloomberg suhbatdoshlaridan biri sanksiyalarni qo‘llash qoidalari nafaqat Litva, balki butun Yevropa Ittifoqiga taalluqli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi, kutilganidek, yangi sanksiyalar paketi doirasida Rossiya oltinining eksportiga cheklovlar tayyorlamoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 mamlakatlari yetakchilari shunday chora qo‘llash bo‘yicha kelishib olgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YEI yangi sanksiyalar paketida Kaliningrad tranziti qoidalarini o‘zgartirishi mumkin