14:10 / 02.07.2022
847

Pentagon Ukrainaga 820 mln dollarlik yangi yordam paketi haqida e’lon qildi

Pentagon Ukrainaga 820 mln dollarlik yangi yordam paketi haqida e’lon qildi
Foto: Getty Images
AQSH Mudofaa vazirligi Ukraina uchun qiymati 820 million dollarlik navbatdagi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi, deb yozadi Meduza Pentagon saytiga tayanib.

Yangi yordam paketi doirasida AQSH Ukrainaga Norvegiyada ishlab chiqarilgan kichik va o‘rta radiusga ta’sir qiluvchi NASAMS havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari (ikkita), avvalroq yetkazib berilgan HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun o‘q-dorilar, shuningdek, 150 mingta artilleriya snaryadlari va kontrbatareya radarlarini yuboradi.

Avvalroq ushbu paket tez orada ajratilishi haqida Amerika prezidenti Jo Bayden aytib o‘tgandi.

Aprelda AQSH Ikkinchi jahon urushi tugaganidan buyon birinchi marta Ukrainaga ijara yoki uzoq vaqt davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari bilan qurol-yarog‘ yetkazish imkonini beruvchi lend-liz dasturini ishga tushirgan edi.

Iyun boshida Jo Bayden Ukrainaga Kiyev so‘rab kelgan HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini yetkazib berishni buyurdi. AQSH ma’lum qilishicha, Ukraina ulardan Rossiya hududiga zarbalar berishda foydalanmaslikka va’da bergan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga Amerikaning baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari yetkazib berilishi Rossiya «maxsus operatsiyasi» borishini o‘zgartira olmasligini aytdi.

Pentagonning so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya istilosi boshidan buyon AQSH Ukrainaga jami 6,9 milliard dollarlik, AQSHning amaldagi ma’muriyati hokimiyat tepasiga kelganidan buyon esa 7,6 milliard dollarlik ko‘mak taqdim etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon Ukrainaga 820 mln dollarlik yangi yordam paketi haqida e’lon qildi