Gonkongdagi The Arch turar joy majmuasida joylashgan va bir vaqtlar Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan hashamatli pentxaus 285 foizlik foyda bilan 2016 yildayoq sotib yuborilgan.
Bu haqdagi ma’lumot shu paytgacha sir tutilgan va ushbu hujjat endi internetga tarqab ketgan. Gonkongning eng qimmat hududida joylashgan mazkur pentxaus 2008 yilda Gulnora Karimova kompaniyasi tomonidan 36,5 mln. dollarga sotib olingan edi.
Keyinchalik uy «Dado» guruhi yakkaxoni, Karimovaning biznes hamkori Rustam Madumarovga pullangan.
2016 yilda uy egalari Karimova va Madumarov qamoqdalik paytida pentxaus 68,4 mln. dollarga sotilgan.
Karimovaning qizi Imon Karimova o‘zining Instagram sahifasida yozishicha, bu uyni sotib foyda ko‘rganlar bir kuni oshkor bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova ayni paytda qamoqda bo‘lib, uning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha yakuniy jarayonlar shu yil fevralda boshlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin