Misrda sayyoh ayol akula o‘ljasiga aylandi

Misrda sayyoh ayol akula o‘ljasiga aylandi
Qizil dengizda suzib yurgan sayyoh ayol akula hujumiga uchradi. Akula hujumi Saxl-Xashish kurorti yaqinida yuz bergan.

Oqibatda ayol qo‘li va oyog‘idan ayrilgan. U kasalxonada yordam ko‘rsatilishiga qaramay vafot etgan.

Qayd etilishicha, marhuma 68 yoshli Avstriya fuqarosi bo‘lgan. U so‘nggi vaqtlarda Misrda doimiy yashab kelgan.

Akula hujumidan keyin Saxl-Xashish yaqinidan Makadi-Bey ko‘rfazigacha bo‘lgan hududda cho‘milish, baliq ovlash va boshqa suv sporti turlari uch kunga taqiqlangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar