1 110
Qirolicha Yelizaveta II qirollik vazifalarining bir qismini shahzoda Charlzga topshiradi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘z vazifalarining bir qismini Uels shahzodasi Charlzga topshiradi. Daily Mail xabariga ko‘ra, Bukingem saroyi tomonidan e’lon qilingan monarxning vazifalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu ro‘yxatga o‘n yil ichida birinchi marta tuzatishlar kiritildi.
Qirolicha hali ham davlat va millat boshlig‘i hisoblanadi. Oldinroq, monarxning davlat rahbari sifatidagi vazifalari ro‘yxatiga parlamentning yangi sessiyalarini ochish, bosh vazirni tayinlash, davlat tashriflari kabi o‘n uchta band kiritilgan edi.
Endilikda aniq qoidalar o‘rniga «qirolicha bir qator diplomatik va parlament vazifalarini bajaradi», shuningdek, u faqat «Qirollikning chet ellik mehmonlarini qabul qiladi» degan noaniqroq qoidalar e’lon qilindi.
Millat rahbari sifatida Yelizaveta II o‘z vazifalarini «kerak bo‘lganda» bajaradi.
Bu yil parlament ochilishida, allaqachon to‘qson olti yoshli Yelizaveta II o‘rniga yetmish uch yoshli shahzoda Charlz ishtirok etdi. Uels shahzodasi monarxning ayrim vazifalarini o‘z zimmasiga olishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi