
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat aholisining ko‘pchilik qismi Ukrainadagi inqiroz fonida issiqlik ta’minoti uchun to‘lovlar narxining balandlashganiga dosh bera olmasligi mumkinligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «ijtimoiy bomba» portlashi bo‘ladi.
«Issiqlik tizimi uchun narx birdaniga bir necha yuz yevroga oshsa ushbu mablag‘ni to‘lashga hamma ham dosh bera olmaydi. Bu ijtimoiy portlovchi modda»,— degan Shols ARD telekanaliga bergan intervyusida («TASS» iqtibosi).
Shuningdek, u davlatning gaz yetkazib beruvchilar va iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlashini va’da qilib, hukumatning Rossiyadan gaz import qiluvchi Uniper konserniga yordam berish rejasi borligini aytgan.
«Hozir biz kompaniya bilan birgalikda buni qanday amalga oshirish mumkinligi borasida bosh qotiryapmiz»,— degan Germaniya kansleri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar