21:53 / 04.07.2022
1 380

Eron Rossiya bilan raqobat qilish uchun neft narxini arzonlashtirdi

Eron Rossiya bilan raqobat qilish uchun neft narxini arzonlashtirdi
Foto: Ali Mohammadi/Bloomberg
Eron Xitoy bozorida Rossiya bilan raqobat qilish uchun neft narxini pasaytirishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.

Ma’lumot berilishicha, Eron Brent rusumidagi neftning bir barreli uchun 10 dollar chegirma joriy etdi. Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» va Rossiya neftiga sanksiyalar kiritilishidan oldin chegirma 4-5 dollarga teng edi, deb yozadi agentlik.

Eronning arzonlashtirilgan nefti Rossiyaning Urals nefti bilan raqobat qilishi lozim, degan treyderlar.

May oyida Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha tarixiy rekord qayd etildi. FGE kompaniyasi tahliliga ko‘ra, Urals nefti Eron neftini Xitoy bozoridan qisman siqib chiqargan.

Bundan tashqari, may oyida Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi 56 foizga o‘sgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Rossiya bilan raqobat qilish uchun neft narxini arzonlashtirdi