00:00 / 05.07.2022
1 963

Putin Lugansk oblastidagi janglarda qatnashgan bo‘linmalarga «dam olish»ni buyurdi

Putin Lugansk oblastidagi janglarda qatnashgan bo‘linmalarga «dam olish»ni buyurdi
Foto: REUTERS/Alexander Ermochenko
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi. Shoygu uchrashuv chog‘ida Putinga «Lugansk xalq respublikasi ozod etilgani» haqida axborot berdi.

Putin, o‘z navbatida, Lugansk yo‘nalishidagi janglarda faol qatnashgan «Markaz» guruhi bo‘linmalariga dam olishga buyruq berdi.

Putin shuningdek, «Markaz» guruhi qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin va janubiy harbiy okrug 8-armiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor Esedulla Abachevga «Rossiya qahramoni» unvoni berilishini e’lon qildi.

Shoygu qurolli kuchlar «maxsus harbiy operatsiyani davom ettirishi»ni bildirdi.

Rossiya mudofaa vazirligining ma’lumot berishicha, Lugansk yo‘nalishida Ukraina tomonidan 2218 kishi halok bo‘lgan va 3251 kishi yaralangan. Shu bilan birga, Shoygu Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida Putinga ma’lumot bermadi.

3 iyul kuni Rossiya qo‘shinlari Lugansk oblastidagi oxirgi eng yirik shahar - Lisichanskni egallagani ma’lum qilingandi. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Lugansk oblastidagi janglarda qatnashgan bo‘linmalarga «dam olish»ni buyurdi