10:01 / 05.07.2022
1 340

O‘zbekistonlik oshpazlar Dog‘istondagi festivalda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik oshpazlar Dog‘istondagi festivalda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi
FoodStreetDag-2022 gastronomik festivali doirasida Maxachqal’a shahrida Visit Dagestan-2022 xalqaro pazandalik chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda oltita davlat: Italiya, Mavrikiy, O‘zbekiston, Gruziya, Armaniston, Pokiston vakillari ishtirok etdi.

Festivalning hakamlar hay’ati tarkibiga dunyoning Mishlen yulduzli restoranlarining taniqli oshpazlari: Alan Joshua Payen (Mavrikiy) Chezare Chiui (Italiya), oshpazlik uyushmalari rahbarlari: Nikolay Baratov, Alla Mishina, Anna Jukova, Maxach Vagabov, Kumsiyat Mirzaeva, Akbar Umarov va boshqa taniqli mutaxassislar kiritildi.

Ishtirokchilar grilda pazandachilik bo‘yicha bellashdilar hamda italyan, o‘zbek, mavritaniya va turk taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazdilar.

O‘zbekistonlik oshpazlar ajoyib natija ko‘rsatdilar va turli nominatsiyalar bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritdilar.

Jamoliddin Nasirdinov (O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi a’zosi):
1. «Tovuq» nominatsiyasi – oltin;
2. «Sho‘rva» nominatsiyasi – bronza.

Timur Matiyev (O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi a’zosi):
1. «Sho‘rva» nominatsiyasi – kumush;
2. «Tovuq» nominatsiyasi – kumush.

Kerimxonov Ibroxim (O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi a’zosi):
1. «Tovuq» nominatsiyasi – bronza;
2. «Sho‘rva» nominatsiyasi – kumush.

2-kun:
«Baliq taomi» nominatsiyasida:


Jamoliddin Nosirdinov
1. Baliq – bronza;
2. Baliqli sho‘rva – bronza.

Matiyev Timur:
1. Baliq – oltin;
2. Baliqli sho‘rva – bronza.

Kerimxonov Ibrohim:
1. Baliq – bronza;
2. Baliqli sho‘rva – oltin.

3-kun:
«Palov va go‘shtli taom» nominatsiyasida:


Jamoliddin Nosirdinov:
1. Go‘shtli taomlar – kumush;
2. Palov – oltin.

Matiyev Timur:
1. Go‘sht – kumush;
2. Palov – oltin.

Kerimxonov Ibrohim:
1. Go‘sht – bronza;
2. Palov – oltin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik oshpazlar Dog‘istondagi festivalda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi