13:58 / 06.07.2022
2 949

Rossiyaning neft-gaz kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qildi

Rossiyaning neft-gaz kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qildi
Rossiyaning "Eriell Neftegazservis" korxonasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik kelishuviga muvofiq Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishga taklif qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Korxona Rossiyada neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shu sabab Noviy Urengoy shahrida avtokran haydovchisi (mashinist krana avtomobilnogo) mutaxassislari ishga taklif qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, oylik ish haqi 100 ming rubldan boshlanadi. Shuningdek, xodimning yashash joyi, ovqatlanish, transport va patent rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
· 18-50 yoshgacha;
· kamida 1 yillik ish tajriba;
· rus tilini bilishi;
· sudlanmagan bo‘lishi;
· O‘zbekistondan chiqishga va Rossiya hududiga kirishga taqiq qo‘yilmagan bo‘lishi.

Ishlash istagida bo‘lganlar 2022 yil 18 iyul soat 09:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi kerak. “Faqat yuqorida ko‘rsatilgan mutaxassislik bo‘yicha tajribaga ega fuqarolar ro‘yxatdan o‘tishi so‘raladi”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning neft-gaz kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qildi