Gollivud yulduzlari orasida boshqalarning oilasini buzib, o‘z baxtini qurgan mashhurlar ham bor. Quyida ushbu shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Jennifer Lopes va Mark Entoni
Foto: Getty Images
Mark rafiqasi Dayanara Torres bilan turmushi bor vaqtdayoq Lopes bilan munosabatda bo‘lgan va u xotini bilan ajrashadi. Jennifer va Mark 2004 yilda turmush quradi. 2008 yilda ularning egizak farzandlari dunyoga keladi, 3 yildan so‘ng esa er-xotin ajrashish uchun ariza beradi. 2014 yilda ular rasman ajraladi.
Melani Griffit va Antonio Banderas
Foto: Getty Images
Aktyorlar birinchi marta «Ikkita — juda ko‘p» filmining suratga olish maydonida tanishadi. O‘sha paytda ikkalasi ham turmush qurgan edi. Birga bo‘lish uchun ularning ikkalasi oilasi bilan ajrashadi. Juftlik 1996 yilda turmush quradi, 2015 yilda esa ajrashadi.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Foto: Getty Images
2004 yilda «Janob Smit va Smit xonim» filmini suratga olish paytida taniqli aktyorlar o‘rtasida uchqun paydo bo‘ladi. O‘sha paytda Bred Jennifer Eniston bilan oila qurgandi. 2005 yilda ular ajrashishadi va Pitt darhol Joli bilan birgalikda omma oldida paydo bo‘ldi. Mashhurlar munosabatlarini muhokama qilmasalar ham hammasi tushunarli edi. 2006 yilda Anjelina Joli aktyordan homilador ekanini tan oldi. 2014 yilda juftlik turmush qurdi. Olti farzandi bo‘lishiga qaramay Joli va Pitt 2021 yilda rasman ajrashdi.
Ledi Gaga va Bredli Kuper
Foto: Getty Images
Boshqalarning oilasini buzgan mashhurlar ro‘yxatida bu shov-shuvli sevgi uchburchagini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bredli Kuper va Ledi Gaga o‘rtasida romantika bo‘lgan-bo‘lmagani hali ham noma’lum. Biroq butun internet bu haqda bong urgan. Aks holda xonandaning aktyorni uning sobiq sevgilisi Irina Sheykdan ajratib olganini qanday izohlash mumkin? Mashhurlarning o‘zlari bu haqda izoh bermaslikka harakat qilishadi. Ledi Gaga intervyularidan birida hammasini keskin rad etgan.
Alisha Keys va Swizz Beats
Foto: Getty Images
Swizz Beatz qo‘shiqchi Mashonda Tifrere bilan birga yashab yurgandayoq Alisha Keys bilan ishqiy munosabatlarini boshlagan. U 2010 yilda xotini bilan ajrashgan va o‘sha yili Alisha Keysga uylangan. Hozirda ularning ikki farzandi bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi