17:50 / 09.07.2022
1 314

Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi

Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi
Shri-Lankada davlat rahbari Gotobai Rajapaksaning iste’fosini talab qilayotgan namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi, deb yozadi Meduza.

Rajapaksa, xabarlarga ko‘ra, xavfsiz joyga o‘tkazilgan.

OAVlarda paydo bo‘lgan kadrlarda namoyishchilar prezidentning basseynida suzib yurganini ko‘rish mumkin.

Mamlakatning eng yirik Kolombo shahriga minglab namoyishchilar kelgan. Ular Rajapaksaning qarorgohiga olib boradigan yo‘lda bir nechta politsiya otryadlari zanjirlarini uzib o‘tgan.

To‘qnashuvlardan keyin 20 dan ortiq kishi, shu jumladan, ikki politsiyachi kasalxonaga yetkazilgan.

Shri-Lankada eng og‘ir iqtisodiy inqiroz davom etmoqda, iyunda inflyatsiya darajasi 54 foizdan oshdi, mamlakat oziq-ovqat, dori importi va yonilg‘i bilan bog‘liq qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda.

Shri-Lanka 1948 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lganidan buyon eng jiddiy inqirozni boshidan kechirmoqda.

Mart oxirida elektr energiyasi sutkasiga 13 soatdan o‘chirila boshlagach, mamlakat aholisi namoyishlarni kuchaytirdi.

Xususan, 9 may kuni Shri-Lanka bosh vaziri kanselyariyasi yaqinida to‘plangan olomon va hukumat tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Bunday vaziyat fonida poytaxtga qo‘shinlarni kiritishga da’vat etishdi.

Muxolifat tomonidan bosim kuchayganidan ekyin o‘sha kuniyoq bosh vazir Maxinda Rajapaksa iste’fo berdi, vazirlar mahkamasi esa tarqatib yuborildi.

12 may kuni Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa bosh vazir lavozimiga Ranil Vikramasingxeni tayinladi, u avval bu mansabda ketma-ket uch muddat ishlagan edi.

Shri-Lanka hukumati umummilliy komendantlik soatini e’lon qildi, namoyishlar chog‘ida jamoat mulkiga yoki fuqarolarga zarar yetkazgan har qanday kishini o‘qqa tutish buyurildi.

Butun mamlakatni qamrab olgan norozilik aksiyalari chog‘ida 8 kishi, shu jumladan, hukmron partiya deputati va ikki nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, yana 250 kishi yaralandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi