11:30 / 10.07.2022
1 086

Shri-Lanka parlamenti spikeri prezidentning iste’foga chiqishini e’lon qildi

Shri-Lanka parlamenti spikeri prezidentning iste’foga chiqishini e’lon qildi
Gotabaya Rajapaksa
Foto: Reuters

Shri-Lanka parlamenti spikeri Mahinda Yapa Abeyvardenaning aytishicha, prezident Gotabaya Rajapaksa unga 13 iyul kuni o‘z lavozimini tark etmoqchiligi haqida ma’lum qilgan.

Rajapaksaning vakillari hali bu xabarni tasdiqlamadi. Ushbu bayonot 9 iyul kuni minglab namoyishchilar Shri-Lanka prezidentining qarorgohi va idorasiga bostirib kirib, uning iste’fosini talab qilganidan keyin e’lon qilindi. OAV xabarlariga ko‘ra, Rajapaksaning o‘zi oldindan evakuatsiya qilingan.

So‘ng namoyishchilar avvalroq iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan bosh vazir Ranil Vikramasingxning uyiga bostirib kirib, binoga o‘t qo‘ygan. O‘sha paytda Vikramasingx qayerda bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

Shri-Lankadagi norozilik namoyishlari og‘ir iqtisodiy inqiroz fonida o‘tkazilmoqda. Mamlakatda rekord darajadagi inflyatsiya kuzatilmoqda, oziq-ovqat, dori-darmon va yonilg‘i yetishmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lanka parlamenti spikeri prezidentning iste’foga chiqishini e’lon qildi