Foto: «Xronika Turkmenistana»
11 iyul kuni Turkmaniston sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafoti munosabati bilan davlat rahbari nomidan qurbonlik sadaqasini berdi. Bu haqda «Turkmenistan segodnya» davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, xotirlash marosimi «Arkadag‘» nomli nufuzli mehmonxonada hukumat a’zolari, harbiy va huquq-tartibot idoralari rahbarlari, elchilar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan.
«Hoji Arkadag‘ yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqib, Arkadag‘ o‘g‘li Serdar nomidan ushbu qurbonlik sadaqasini Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abening muborak xotirasiga bag‘ishlashini ta’kidladi», — deb yozadi agentlik.
Sobiq prezident Turkmaniston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga hissa qo‘shgan Sindzo Abe bilan bir necha bor uchrashish imkoniga ega bo‘lganini aytdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov Yaponiyaning Turkmanistondagi elchixonasi rahbarlari va vakillariga hamdardlik bildirdi, shuningdek, Yaponiya elchisidan Turkmaniston rahbari nomidan imperator Naruxito va bosh vazir Fumio Kisidaga chuqur hamdardligini yetkazib qo‘yishini so‘radi. Shuningdek, u Sindzo Abe oilasiga shaxsan o‘zi va oilasi nomidan samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yetkazishni so‘radi, deya qayd etadi davlat nashri.
Sindzo Abe 8 iyul kuni 67 yoshida vafot etdi. Yaponiya janubidagi Nara shahrida nutq so‘zlayotgan paytda, unga orqadan ikki marta o‘q uzildi, siyosatchi bir necha soatdan keyin kasalxonada vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?