1 656
Trampning sobiq maslahatchisi chet ellarda davlat to‘ntarishlarini rejalashtirganini tan oldi
Foto: Getty Images
AQSHning BMTdagi sobiq elchisi va Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton CNN telekanali efirida chet mamlakatlarda davlat to‘ntarishlarini rejalashtirishda ishtirok etganini ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
Ushbu bayonot o‘tgan yilning 6 yanvarida Kapitoliy yaqinidagi tartibsizliklar munosabati bilan AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan zo‘ravonlikka da’vat haqidagi ayblovlar fonida yangradi. O‘shanda saylov natijalaridan norozi bo‘lgan sobiq prezident tarafdorlari Kapitoliyni egallab olgan edi. Ularga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va yorug‘lik-shovqinli granatalar qo‘llanilgan. To‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Kongress qo‘mitasi fikricha, Tramp Twitter yordamida norozilik namoyishlarini boshqargan.
Biroq Bolton ma’lum qilishicha, sobiq prezident «puxta rejalashtirilgan davlat to‘ntarishi»ni amalga oshirish uchun yetarli darajada qobiliyatli emas. «Bu yerda emas, boshqa mamlakatlarda davlat to‘ntarishlarini rejalashtirishda yordam bergan odam sifatida aytamanki, bu ko‘p ishni talab qiladi. Tramp amalga oshirgan narsa bu emas», — deya qo‘shib qo‘ydi milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi.
Bolton tafsilotlarga berilmasligini aytdi, ammo keyinroq Venesuelani tilga olib, u yerda muxolifatning kurashi muvaffaqiyatsiz tugaganini qayd etdi. «Bizning bunga qandaydir aloqamiz bor edi, deb bo‘lmaydi, lekin muxolifatning qonuniy saylangan prezidentni ag‘darishga urinishi nima bilan tugaganini ko‘rdim va ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi», — dedi Bolton.
Boshlovchining Venesueladagi davlat to‘ntarishiga urinishlardan tashqari, Bolton sir tutayotgan boshqa voqealar ham bo‘lgani haqidagi taxminlariga javoban, u: «Bo‘lganiga ishonchim komil», — dedi.
2019 yilda Venesuela milliy assambleyasi (bir palatali parlamenti) raisi va muxolifat yetakchisi Xuan Guaido parlament tomonidan uzurpator (hokimiyatni qonunga xilof ravishda tortib olgan shaxs) deb topilgan Nikolas Maduro o‘rniga o‘zini mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilib, qasamyod qabul qilgan edi. O‘shanda AQSH prezidenti ma’muriyati Tramp Guaidoni mamlakat rahbari sifatida tan olganini ma’lum qilgandi.
Undan avval AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens Venesuela aholisiga videomurojaat qilib, Maduroga qarshi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagan va uni hokimiyatga da’vo qilishga qonuniy asoslari bo‘lmagan «diktator» deb atagandi. Shundan keyin Maduro «AQSH bilan diplomatik aloqalarni qayta ko‘rib chiqishni» buyurganini aytgandi.
Vashington ko‘p marta boshqa mamlakatlarda davlat to‘ntarishlarini tashkillashtirishga aloqadorlikda ayblangan. Xususan, o‘tgan yil iyunida Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin Minskda «Belarus davlati rahbari va uning oilasi a’zolarini jismoniy yo‘q qilish bo‘yicha isyon»ni tashkillashtirishda AQSHning qo‘li borligi haqida «rad etib bo‘lmaydigan dalillar» borligini aytgandi. Davlat departamenti bu axborotni rad etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?