15:55 / 13.07.2022
1 133

Shri-Lankada prezident qochib ketganidan keyin favqulodda holat e’lon qilindi

Shri-Lankada prezident qochib ketganidan keyin favqulodda holat e’lon qilindi
Foto: AP Photo
Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikramasingx G‘arbiy provinsiyada (u yerda mamlakatning norasmiy poytaxti Kolombo joylashgan) komendantlik soati joriy qildi va mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda bosh vazir idorasiga tayanib, LankaAnews portali xabar berdi.

Bosh vazir idorasi Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa norozilik namoyishlari tufayli mamlakatni tark etganini tasdiqladi, deb yozadi Gagana. U rafiqasi va ikki tansoqchisi bilan harbiy samolyotda Maldiv orollari poytaxti Male shahriga olib ketilgan.

Shri-Lankada mart oyidan beri mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz sabab ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Bahorda ushbu orol davlat defoltga uchradi. Mamlakatda import qilinadigan tovarlar, jumladan, oziq-ovqat, dori-darmon va asosiy tovarlarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan valyuta yetishmayapti. Shri-Lankaning bir qator hududlarida elektr energiyasi doimiy ravishda uzilib qolmoqda, chunki energiya ta’minoti xorijiy uglevodorodlarning yetkazib berilishga ham bog‘liq. Iyun oyida mamlakatda inflyatsiya 50 foizdan oshdi, deb xabar beradi Bloomberg.

9 iyul kuni ertalab namoyishchilar hukumat binolari joylashgan Kolombo hududiga yig‘ilib, prezidentni iste’foga chiqarishni talab qila boshladi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan, kamida 45 kishi jarohatlangan.

Namoyishlar chog‘ida namoyishchilar prezident qarorgohini egallab oldi, Daily Mirror xabariga ko‘ra, shundan so‘ng ular qarorgohdan «millionlab rupiy» pullarni topgan. Namoyishchilar prezident va bosh vazir iste’foga chiqqandagina binoni tark etishlarini aytgan.

Ikkala siyosatchi ham o‘z lavozimlarini tark etishga rozi bo‘ldi, xususan, Vikramasingx parlamentdagi partiyalar tomonidan yangi hukumat tuzilganidan keyin iste’foga chiqadi. Parlament spikeri Mahinda Yapa Abeyvarden prezident 13 iyul kuni iste’foga chiqishini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada prezident qochib ketganidan keyin favqulodda holat e’lon qilindi