
Ukrainada urushning 140-kunidan asosiy ma’lumotlar:
- 13 iyulga o‘tar kechasi Luhansk HIMARS raketa tizimlaridan o‘qqa tutildi. Xerson oblastining «yangi hukumati» Ukraina qurolli kuchlarini bug‘doy dalalariga o‘t qo‘yishda aybladi.
- Rossiyaliklar Mikolayiv oblastidagi turli aholi punktlari bo‘ylab jami 28 zarba yo‘lladi, natijada, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan kamida besh kishi halok bo‘lgan.
- Ukrainada halok bo‘lgan ilk rossiyalik harbiy xizmatchi ayol – volgogradlik yefreytor Anastasiya Savitskaya bo‘ldi.
- Istanbulda Rossiya, Ukraina, BMT va Turkiya vakillari ishtirokida ukrain bug‘doyini Qora dengiz orqali olib chiqishni tiklash bo‘yicha to‘rt tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi: muvofiqlashtirish markazi tashkil etishga kelishilgan.
- KXDR o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR» tan oldi, bunga javoban Ukraina ushbu davlat bilan diplomatik aloqalarni uzdi.
- RF qo‘shinlari va o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar kuchlari Donbassdagi Seversk va Soledar shaharlari atrofiga kelgan.
Quyida 13 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyev oblasti

Hududiy mudofaa qismlari jangchilari Bucha yaqinidagi mashg‘ulotlardan keyin tushlikka hozirlanmoqda. Kiyev oblastining bu shahri Rossiyaning ushbu urushdagi harbiy jinoyatlari ramziga aylandi. Foto: Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Donbass shimoli

Luhansk oblastidagi Rubejnoye shahridagi ko‘chalardan biridan o‘tayotgan mahalliy aholi vakillari. Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qadar shaharda 60 mingdan ortiq kishi istiqomat qilgan. Hozirda u butkul vayron bo‘lgan. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS

Ukrain harbiylari Slovyanskdagi sanoat hududini ko‘zdan kechirmoqda. 13 iyul kuni Rossiya qo‘shini shahar bo‘ylab bir necha aviazarba yo‘lladi. Zeus Ceramica zavodi binosi shikastlangan, shuningdek, RFning Slovyanskka tomon harakatlanish yo‘lida joylashgan ikki ko‘prik vayron bo‘lgan. Foto: Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutlik 79 yoshli kishi Rossiya harbiylarining raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan uyi oldida. Bu hujum natijasida bir kishi halok bo‘lib, besh kishi jarohat olgan. Snaryadlar sakkizta uyni shikastlagan. Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

«Axill» laqabli ukrain askari okopda chekmoqda. Foto: Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

Okopdagi ukrain harbiysi. Foto: Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

«Dima» laqabli ukrain askari zirhli mashinada. Foto: Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

Okopdagi «Grizli» laqabli ukrain harbiysi. Foto: Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

Front liniyasi yaqinida ketayotgan ukrainlarning T-72 rusumli harbiy tanki. Foto: Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA
Mariupol

Rossiyalik sapyor-mutaxassislar yuqori kuchlanishli hududda minalarni izlamoqda va zararsizlantirmoqda. Ekspertlarning hisoblashicha, Ukrainani minalardan to‘liq tozalash uchun 10 yilgacha vaqt talab etilishi mumkin. Foto: AP / Scanpix / LETA “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar