Foto: Videodan kadr
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushning 141-kuni yakunlari bo‘yicha murojaatini e’lon qildi. U odatiga zid ravishda o‘z nutqini mamlakat fuqarolariga emas, balki «demokratik dunyo»ga qaratdi.
Prezidentning nutqi Ukraina markazidagi Vinnitsa shahriga raketa hujumi bilan bog‘liq bo‘lib, unda kamida 23 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘lgan edi. Zelenskiy o‘z murojaatida Rossiyani «terrorchi davlat» deb tan olishni va Ukrainadagi urush jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal tashkil etishni talab qildi.
Bu kun Rossiyani terrorchi davlat sifatida rasman tan olish kerakligini yana bir bor isbotladi. Dunyoning hech bir davlatida Rossiya kabi terror tahdidi mavjud emas. Dunyoning birorta davlati har kuni tinch shaharlar va oddiy insoniyat hayotini qanotli raketalar va reaktiv artilleriya bilan buzishga jazm qilmaydi.
Bugun Vinnitsadagi qurbonlar orasida qizcha ham bor, u to‘rt yoshda edi, uning ismi Liza. Niderlandiyaning Gaaga shahrida Rossiya harbiy jinoyatlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tayotgan paytda Rossiya bir qizchaning hayotiga chek qo‘ydi.
Bu bilan Rossiya xalqaro huquqqa, Yevropaga, butun sivilizatsiya dunyosiga o‘z munosabatini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzi bo‘yicha maxsus tribunal tez orada zarurligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
14 iyul kuni ertalab front chizig‘idan yuzlab kilometr uzoqlikda joylashgan Vinnitsa shahri markazi raketalardan o‘qqa tutildi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, zarba Qora dengizdagi Rossiya suvosti kemasidan uchirilgan «Kalibr» qanotli raketalari bilan berilgan. Hujum oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 23 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. 71 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ularning aksariyati og‘ir ahvolda. 29 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. O‘nlab binolar vayron bo‘lgan.
Yevropa Ittifoqi Rossiya harbiylari tomonidan Ukrainada tinch aholi nishonlarining «davomli o‘qqa tutilishi» va tinch aholiga «shafqatsiz hujumlar»ni qoralamoqda.
- "Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi to‘rt yarim oydan ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda. Bucha, Mariupol, Kramatorsk, Kremenchug, Slavyansk, Chasov Yar, Xarkov, Odessa, hozir esa Vinnitsa, rus harbiylari va uning ittifoqchilari butun Ukraina bo‘ylab qonli izlar qoldirmoqda. Minglab tinch aholi halok bo‘ldi. Rossiyaning xalqaro gumanitar huquqni mutlaqo mensimaydigan bu vahshiy xatti-harakati zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
Rossiya qo‘shinlari va ularning siyosiy rahbarlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar va jinoyatlar jazosiz qolishi mumkin emas. Bu vahshiyliklarga sabab bo‘lgan barcha shaxslar o‘z qilmishlari uchun xalqaro huquq me’yorlari asosida javob berishi kerak. Yevropa Ittifoqi huquqlarning buzilishi uchun javobgarlikni ta’minlash bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi", — deyiladi YEI bayonotida.
Rossiya Mudofaa vazirligi Vinnitsaning o‘qqa tutilishi bo‘yicha rasman izoh bermadi. RT bosh muharriri Margarita Simonyanning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikdagilar hujum nishoni Vinnitsadagi Ofitserlar uyi bo‘lgani, u yerda «natsiklar uchun vaqtinchalik baza» borligini aytishgan. Ochiq manbalardan ma’lumki, Vinnitsadagi Ofitserlar uyi — oddiy konsert zali. 14 iyul kuni u yerda ukrainalik qo‘shiqchi Roxolananing xayriya chiqishlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi