Dunyo tez orada global geosiyosiy o‘zgarishlar va ko‘p qutblilikka o‘tishga duch keladi, G‘arb ustunligi davri o‘z nihoyasiga yetadi. Bunday fikrni Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler Ditchlifondi tadbirida so‘zlagan nutqida bildirdi.
“Bu asrdagi eng yirik geosiyosiy o‘zgarish Xitoydan keladi, Rossiyadan emas. Siyosat va iqtisoddagi G‘arb ustunligining oxiri yaqinlashmoqda. Dunyo kamida ikki qutbli, ehtimol, ko‘p qutbli bo‘ladi. Zamonaviy tarixda ilk bor Sharq G‘arb bilan tenglashishi mumkin”, - deya taxmin qilgan siyosatchi.
Bler Xitoyni “dunyodagi ikkinchi buyuk davlat” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Szinpin Tayvanni Pekin nazorati ostiga qaytarish niyatini yashirmayapti.
Shu bilan birga Xitoy rahbariyati yanada agressiv harakat qilmoqda, G‘arbga nafrat bilan qarashini yashirmayapti, Rossiya bilan yaqinlashmoqda. Britaniyaning sobiq bosh vaziri Rossiya, va ehtimol, Eron Pekinning ittifoqchilari bo‘ladi deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi