Foto: AP
Nashrning yozishicha, mart oyida Buynakskdan bo‘lgan harbiylar Ukrainani ruxsatsiz tark etib, shartnomalarini bekor qilishga uringan. Dog‘istonda ularni qochoqlar sifatida kutib olishgan, ba’zilari keyin Ukrainaga qaytib ketgan.
The Moscow Times nashrining yozishicha, Ukrainada urush boshlanganidan taxminan bir oy o‘tib, Buynakskda joylashgan 63354-bo‘linmaning 300 nafar harbiy xizmatchisi o‘zboshimchalik bilan qurollarini tashlab, mamlakatni tark etgan. Dog‘istonga qaytib kelgach, ular shartnomani bekor qilish jarayonini boshlagan, deb yozadi gazeta 18 iyul, dushanba kuni ikki huquq himoyachisiga tayanib.
Ukrainada ular o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» hududida bo‘lib, kiyim-kechak va qurollar bilan bog‘liq muammolarga duch kelganliklarini bildirishgan hamda ba’zilari oyoq-qo‘llarini muzlatib qaytgan. Buynakskda shartnoma bo‘yicha harbiylar dezertirlar sifatida kutib olingan, shaharda hokimiyat, harbiylar va prokuratura vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Ulardan ba’zilari qarindoshlari va mahalliy hokimiyat bosimi ostida davolanib, Ukrainaga qaytgan, deb yozadi gazeta.
Hozir harbiy prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda, chunki xizmat joyida 10 kundan ortiq bo‘lmaslik jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin, dedi shartnoma bo‘yicha harbiylar bilan bog‘langan Moskvalik harbiy advokat nashrga. «Harbiy xizmatchilar bilan gaplashib bo‘lmadi: voqea ochiqlanmayapti. Kavkazda mahalliy huquq himoyachilarining tushuntirishicha, xizmatni tark etish uyatdir», - deya ta’kidladi The Moscow Times.
Shunga o‘xshash holatlar boshqa hududlarda ham bir necha bor qayd etilgan. Xususan, «Svobodnaya Buryatiya» jamg‘armasi o‘tgan haftada 150 nafar buryat harbiysi jang qilishdan bosh tortgan va Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnomalarini bekor qilgan holda Ukrainadan qaytganini ma’lum qildi. Jamg‘arma rahbari Aleksandra Garmajapova «Mediazona»ga jang qilishdan bosh tortgan harbiylarga tahdidlar haqida ma’lumot berdi. Fond sayti Rossiya rasmiylari tomonidan bloklangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...