Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, Rossiya va Ukraina xalqaro vositachilar yordamida Ukraina portlarini don eksporti uchun ochish bo‘yicha kelishuvga deyarli erishgan.
«Haqiqatan ham, hozircha biz juda ilg‘or bosqichdamiz. Va umid qilamizki, Rossiya Federatsiyasi o‘zini mas’uliyatli tutadi va ushbu shartnoma loyihasida ko‘zda tutilgan majburiyatlarni imzolaydi», dedi Kuleba Rada TV efirida.
Kuleba muzokaralarda nafaqat milliy hukumatlar vakillari, balki xalqaro tashkilotlar vositachilari ham ishtirok etayotganini va butun jarayon juda murakkab ekanini ta’kidladi.
«Diplomatiyada shunday qoida bor — «hamma narsa kelishib olinmaguncha hech narsa kelishib bo‘lmaydi. Hamma narsa har daqiqada buzilishi mumkin», — deydi ukrainalik vazir.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada tomonlar ishtirokida Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Eronda Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on bilan uchrashgan Vladimir Putin bu bo‘yicha turk liderida minnatdorchilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...