Foto: Telegram
AQSH barcha ukrainaliklarni Dissident Human Rights Award mukofoti bilan taqdirladi. Marosim Vashingtondagi Kommunizm qurbonlari yodgorligida bo‘lib o‘tdi. Mukofotni Butun ukrain xalqi nomidan Ukrainaning birinchi xonimi Olena Zelenskaya qabul qilib oldi.
2015 yildan buyon mukofot ozodligidan mahrum qilingan xalqlar faollari va dissidentlariga inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda ko‘rsatgan jasorati uchun berib kelinadi. Bu yil birinchi marta mukofot muayyan bir shaxsga emas, balki butun Ukraina xalqiga topshirildi.
«Ukrainaliklar Rossiya filtrlash lagerlaridan qanday o‘tmoqda, bosqinchilar bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lmaganlar qanday qiynoqlarga solinmoqda. Bizning xalqimiz Rossiyaga qay tarzda majburan deportatsiya qilinmoqda. Qahramonlik sa’y-harakatlari evaziga biz hozir faqat ozodligimiz uchun kurashish bilan cheklanib qolmayapmiz», — deydi Zelenskaya.
Uning ta’kidlashicha, ukrainaliklar «Stalinning Buyuk terrori endi rivojlangan dunyoning hech qayerida va hech qachon qo‘llanilmasligini ta’minlash uchun kurashmoqda».
«Bugungi mukofotning Ukrainaga topshirilishida ham aynan shu haqda gap ketmoqda», — deya xulosa qildi birinchi xonim.
Ukraina prezidentining rafiqasi Olena Zelenskaya 19 iyul kuni AQSHga rasmiy tashrif bilan keldi. U AQSH prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...