13:00 / 22.07.2022
1 217

Lukashenko Belarusni tark etganlarni sirtdan sud qilishga ruxsat berdi

Lukashenko Belarusni tark etganlarni sirtdan sud qilishga ruxsat berdi
Foto: Picture Alliance
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bu mamlakatni tark etgan fuqarolarni sirtdan sud qilish imkonini beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Lukashenko matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ayblanuvchilar terrorchilik harakatlari, genotsid, yollanma harakatlar, davlatga xiyonat, qo‘poruvchilik, ekstremistik tuzilma yaratish yoki unda ishtirok etish to‘g‘risidagi moddalar, shuningdek tartibsizliklar va sanksiyalar qo‘llashga chaqiriqlar bo‘yicha sirtdan sudlanishi mumkin.

Bundan tashqari, qonun bilan hukmlar ustidan kassatsiya tartibida apellyatsiya berish tartibi kiritilmoqda. Shikoyat va protestlar oblastlar hamda Minsk shahar sudlari prezidiumlarida ko‘rib chiqiladi. Endilikda, agar Oliy sud birinchi instansiya sudi sifatida ishni ko‘rib chiqqan bo‘lsa, hukmlar ustidan apellyatsiya shikoyati ham berish mumkin bo‘ladi.

Zerkalo.io portalining ta’kidlashicha, Belarusda fuqarolar jami 48 ta jinoiy modda bo‘yicha sirtdan sud qilinishi mumkin, ularning ba’zilarida o‘lim jazosi nazarda tutilgan. Nashrning bildirishicha, Belarusning voyaga yetgan har qanday fuqarosi sirtdan sudlanishi mumkin.

Yangi qonun qamrab olgan qator moddalarga ko‘ra, Belarus muxolifatchilariga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Jumladan, muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskayaga ekstremistik tuzilma yaratish, davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish maqsadida fitna uyushtirish va terrorchilik aktiga urinish moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi a’zosi Pavel Latushko ham yangi qonun bilan sudlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Belarusni tark etganlarni sirtdan sud qilishga ruxsat berdi