
Ukraina Milliy banki rahbari Kirill Shevchenkoning ma’lumot berishicha, urush boshlanganidan beri rasmiy Kiyev G‘arb davlatlaridan 12,7 milliard dollarlik moliyaviy yordam olgan. Bu haqda «Ukrinform» xabar bermoqda.
«Ukraina iyun-iyul oylarida eng katta yordamni oldi, bu 6 milliard dollardan oshadi», deydi u.
Shevchenko shuningdek, Ukrainaga G‘arb davlatlaridan e’lon qilingan yordamning umumiy hajmi 27 milliard dollarni tashkil etishini aytdi. Barcha ajratilgan mablag‘lar budjetning asosiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy reanimatsiyaga tushgani bo‘yicha xabar tarqalgan, uning o‘zi bu ma’lumotni rad etib, Rossiyani feyk axborotda ayblagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar