1 892
Xitoyliklar yaroqlilik muddati o‘tib ketgan mahsulotlarni ommaviy ravishda sotib olmoqda
Foto: Bloomberg
Xitoydagi har qachongidan ham qiyinroq iqtisodiy muhitga moslashishga urinayotgan xitoylik iste’molchilar muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur chegirmalarda ko‘proq sotib olishmoqda. Bu haqda Financial Times’ga tayanib, «Kommersant’» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yil davomida Xitoyda bunday mahsulotlarni sotadigan 119 ta ixtisoslashtirilgan do‘kon ochilgan. So‘nggi o‘n yil ichida bu ko‘rsatkich 92 ta edi.
Gazetaga intervyu bergan xitoylik ekspertlar bunday do‘konlardagi xaridorlarning katta qismi o‘rta sinf vakillari ekanligini ta’kidlamoqda.
- Ishchilar muddati o‘tib ketgan mahsulotlar bilan kun kechirishga ishonayotgani hayratlanarli, — deydi iiMedia konsalting firmasining katta ilmiy xodimi Chan Yi.
So‘rovda qatnashgan 1600 xaridorning uchdan ikki qismi oyiga 4000 yuandan ko‘proq (taxminan 600 dollar) maosh olishlarini aytdi. Bu o‘rta va kam daromadli odamlar o‘rtasidagi ajratuvchi chiziq sifatida ko‘riladi.
Boshqa bir konsalting firmasi, China Market Research Group ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda yaroqlilik muddati tugagan tovarlar savdosining o‘sishi 2019 yildagi 25 mlrd yuandan (3,6 mlrd dollar) bu yil 36 mlrd yuanga (5,3 mlrd dollar) ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...