16:06 / 23.07.2022
1 065

Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson oblastida Google bloklandi

Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson oblastida Google bloklandi
Foto: Shutterstock
«LXR» va «DXR»dan so‘ng Xerson oblastining okkupatsion ma’muriyati Google’ga kirish imkoniyati to‘xtatib qo‘yilishi to‘g‘risida ma’lum qildi. Ular bu qarorni Ukraina va Amerika rasmiylari qidiruv tizimidan foydalanishi bilan izohladi.

Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Xerson oblastida eng yirik Google qidiruv tizimiga kirish bloklandi. Bu haqda 22 iyul, juma kuni okkupatsion ma’muriyat vakiliga tayanib, RIA «Novosti» xabar berdi.

«Google qidiruv tizimi o‘chirildi, xuddi shu narsa YouTube va Viber bilan ham kuzatilgan. Qidiruv tizimi bloklangan», - deya okkupatsion hokimiyatning bayonotidan iqtibos keltirgan agentlik. Qayd etilishicha, bloklashga Ukraina va Amerika rasmiylari ushbu servislardan foydalanishi sabab bo‘lgan.

Avvalroq «Donetsk xalq respublikasi», undan bir kun oldin esa «Lugansk xalq respublikasi»da Google’ga kirish bloklangani haqida xabar berilgan edi.

Ukrainaning Rossiya kuchlari tomonidan bosib olingan hududlarida yangi «harbiy-fuqarolik ma’muriyatlar» tayinlandi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatila boshlandi, aholiga Rossiya pasportini olish taklif qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson oblastida Google bloklandi