19:29 / 23.07.2022
2 229

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi haqida gapirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi haqida gapirdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «Akorda.kz» xabar berdi.

Ukraina tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida prezidentlar 23 iyul kuni nishonlangan ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrik almashdi.

To‘qayev ushbu davrda iqtisodiy va gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ijobiy natijalarga erishilganini ta’kidladi. Qozog‘iston prezidenti Turkiyada BMT ko‘magida Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha erishilgan uch tomonlama kelishuvga ijobiy baho berdi.

Davlat rahbari, shuningdek, Qozog‘istonning Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha prinsipial pozitsiyasini tasdiqladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi haqida gapirdi