08:00 / 27.07.2022
1 647

Isroil falastinlik mahbuslarning uylarini buzib tashladi

Isroil falastinlik mahbuslarning uylarini buzib tashladi
Isroil mudofaa kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Selfit shahridagi ikki falastinlik mahbusning uylarini buzib tashladi.
Onado‘li axborot agentligining xabariga ko‘ra, bu harakatlar 26 iyul, seshanba kuni ertalab amalga oshirilgan.

Falastinlik mahbuslar Yusuf Asya va Yahyo Merining uylari portlovchi qurilmalar yordamida portlatilgan.

Buzib tashlashdan avval harbiylar va mahalliy aholi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Xavfsizlik kuchlari travmatik qurol ishlatgan: besh falastinlik yaralangan.

Isroil rasmiylari Asya va Merilarni 29 aprel kuni yahudiy aholi punktlari ma’muriyati binosida qo‘riqchining o‘ldirilishida ayblamoqda.

Isroil turli bahonalar bilan 1967 yilda ishg‘ol qilingan Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohildagi Falastin aholisiga tegishli uylar va binolarni buzib tashlamoqda.

Xalqaro hamjamiyatning munosabatiga qaramay, Isroil kuchlari bosib olingan Sharqiy Quddusda, xususan, Shayx Jarrah va Silvan hududlarida yahudiy aholi punktlarini kengaytirish maqsadida falastinliklarning uylarini buzishda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil falastinlik mahbuslarning uylarini buzib tashladi