14:03 / 27.07.2022
2 120

AQSH Rossiya neftining Xitoyga sotilishiga qarshi sanksiyalarni taklif qildi

AQSH Rossiya neftining Xitoyga sotilishiga qarshi sanksiyalarni taklif qildi
Foto: Bloomberg
AQSH senatori Marko Rubio Xitoyning Rossiyadan neft va boshqa energiya mahsulotlarini sotib olishiga qarshi sanksiyalar taklif qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Respublikachi senatorlar Rubio, Rik Skott va Kevin Kramer 26 iyul kuni Rossiyadan Xitoyga neft yoki suyultirilgan gaz tashuvchi tankerlarni sug‘urta qilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazgan har qanday yuridik shaxsga jarima solishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi.

Rubioga ko‘ra, Rossiyadan energiya sotib olayotgan Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

- Har qanday tashkilot, jumladan, Xitoy davlat kompaniyalari ham ularga bu sa’y-harakatlarda yordam bersa, og‘ir oqibatlarga duch kelishi kerak, — deyiladi senator bayonotida.

Bu yil Rossiya neftining Xitoyga importi keskin oshgan.

Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berishni to‘xtatish mamlakatni Hindiston kabi boshqa yirik xaridorlar bilan Yaqin Sharq va Afrika nefti uchun qattiqroq raqobatlashishiga olib kelishi mumkin. Bu esa narxlar yana oshirilishi mumkinligini bildiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Rossiya neftining Xitoyga sotilishiga qarshi sanksiyalarni taklif qildi