
Foto: Reuters
28 iyul kuni erta tongda Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatining Vishegorodskiy tumani, shuningdek, Chernigov viloyati hududini raketalardan o‘qqa tutdi.
Kiyev viloyati politsiyasi rahbari Aleksandr Kulebaning aytishicha, Vishegorodskiy tumanida «infratuzilma ob’ekti» shikastlangan, halok bo‘lganlar va yaradorlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Chernigov viloyatiga ertalab 10 ga yaqin raketa uchib keldi, deydi viloyat rahbari Aleksandr Chaus. Zarba Goncharov jamoatidagi o‘rmonga berilgan, havo mudofaasi tizimi ishga tushgan. Qurbonlar haqida ham ma’lumotlar yo‘q.
Bundan tashqari, Xarkov meri Igor Terexov shahar kechasi ikki marta o‘qqa tutilgani haqida gapirdi, uning so‘zlariga ko‘ra, shaharga S-300 dan o‘t ochishgan. Jabrlangan aholi haqida ma’lumotlar yo‘q. Nikolayevda esa otishma oqibatda ombor binosi vayron bo‘ldi, qo‘riqchi yaralandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar