20:43 / 28.07.2022
4 739

Arktikada xavotirli hodisalar: u global falokatga aylanishi mumkin

Arktikada xavotirli hodisalar: u global falokatga aylanishi mumkin
Grenlandiyadagi Arktika tadqiqot bazasida muzliklar jadal erimoqda. Amerikalik olimlar oroldan har kuni okeanga olti milliard tonna suv quyilishini qayd etishgan.

Muzli orolda ayni paytdagi harorat anormal sanaladi.

Masalan, bugun, 28 iyul kuni havo harorati 16 darajagacha ko‘tarilgan. Bu normadan 10 daraja yuqori. Tadqiqotchilar Arktikada global isishi butun dunyoga qaraganda ikki baravar tezroq ekanligini isbotladi. Va bu global falokat tahdidir.

«O‘tgan 1000 yil ichida, vikinglar davridan to hozirgi kungacha, biz faqat bitta ajralib chiqqan aysbergning izlarini topdik — 1887 yilda. 2000 yildan keyin esa to‘rtta. Muammo kuchayib bormoqda.

Agar ekvatorda bir yarim daraja isish unchalik sezilmasa, bu yerda, Grenlandiyada harorat darhol 6 darajaga ko‘tariladi. Bu juda jiddiy muammo
», — deydi professor professor Yorgen Peder Shteffensen (Nils Bor instituti).

Eslatib o‘tamiz, Verxoyansk shahri (Yoqutiston, Rossiya)da 2020 yilning 20 iyunida Arktikadagi eng yuqori issiq harorat rekordi o‘rnatilgan, termometrlar +38 darajani ko‘rsatgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arktikada xavotirli hodisalar: u global falokatga aylanishi mumkin