08:10 / 29.07.2022
1 208

Dunyodagi eng mashhur brend nomi ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng mashhur brend nomi ma’lum bo‘ldi
Foto: Hypebeast
WWD nashri Lyst platformasi reytingiga tayanib, dunyodagi eng mashhur brend nomini e’lon qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni Italiyaning Gucci modalar uyi egalladi. U so‘nggi to‘qqiz oy davomida yetakchi bo‘lgan Balenciaga’dan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Gucci mashhurligi iyun oyida Adidas bilan hamkorlik qilganidan keyin keskin oshgan.

Shunday qilib, ushbu brendning internetdagi qidiruv so‘rovlari birdaniga 286 foizga o‘sdi. Bundan tashqari, britaniyalik qo‘shiqchi Harri Stayles bilan hamkorlik va Pugliadagi kruiz shousi Gucci’ning mashhurligiga ta’sir qildi.

Nashr Nikol Kidman va Kim Kardashyan boshchiligidagi ko‘plab mashhurlar ishtirok etadigan Parijdagi shoudan so‘ng Balenciaga yana birinchi o‘ringa chiqishini kutmoqda.

Bundan tashqari, Diesel, Nike va Dolce&Gabbana reytingda yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsa, Bottega Veneta, Moncler va Off-White 20-o‘rindan pastga tushib ketdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng mashhur brend nomi ma’lum bo‘ldi