Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasiga yaqinda “Sirkon” gipertovushli raketa tizimlari yetkazib berilishi haqidagi bayonoti butun Buyuk Britaniyada vahima uyg‘otdi. Bu haqda jurnalist Duglas Peyshent “Mirror” gazetasi uchun maqolasida yozgan.
“Gipertovushli qurollar tovush tezligidan to‘qqiz baravar tezroq harakatlana oladi”, deb ta’kidlagan u matnda. Shu bilan birga, Peyshent Rossiya rahbarining so‘zlarini asossiz ravishda “sovuq tahdid” deb atagan.
Sankt-Peterburgdagi Harbiy-dengiz floti kuniga bag‘ishlangan parad chog‘ida Putin yaqin oylarda Rossiya Qurolli kuchlariga “Sirkon” gipertovushli raketa komplekslarini yetkazib berish boshlanishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, “Sirkon”ni ishlatadigan birinchi kema “Admiral Gorshkov” fregati bo‘ladi.
“Sirkon" dunyodagi birinchi gipertovushli qanotli raketa bo‘lib, o‘zining dvigatel kuchidan foydalangan holda atmosferada manevrlar bilan barqaror aerodinamik parvozga qodir. U tovush tezligidan to‘qqiz baravar tezroq harakatlana oladi, uning maksimal otish masofasi ming kilometrni tashkil qiladi. “Sirkon” ham suvusti, ham yerdagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»