Qirg‘iziston prezidenti Arabiston yarimoroliga turne uyushtiradi

Bugun Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar davlatlari bo‘ylab kechadigan rasmiy turnesini boshladi. Bu haqida prezident matbuot xizmatiga asoslanib, "RIA Novosti" xabar bermoqda.
Qirg‘iziston prezidentining Arabiston yarim orolidagi safari 8-dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Bu kunlar mobaynida u Saudiya Arabistoni qirolligi, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Qatar rahbarlari bilan uchrashib, o‘zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalaridagi aloqalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazadi. Tashrifdan maqsad Qirg‘izistonning ushbu davlatlar bilan muhim sohalardagi hamkorliklarini mustahkamlashdan iborat.
Qayd etish kerak, Qirg‘iziston prezidenti ilk marta Arabiston yarim oroliga tashrif qilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing