Foto: Global Look Press
«Gazeta.ru»ning xabar berishicha, SpaceX va Tesla bosh direktorining otasi, 76 yoshli Errol Mask o‘g‘li bilan faxrlanmasligini tan oldi. Ota bu haqda YouTube’dagi «Kayla va Jeki O» ko‘rsatuvida aytib o‘tgan.
Errol Mask sayyoradagi eng boy odam bo‘lgan o‘g‘li bilan faxrlanadimi, degan mazmundagi savolga «Yo‘q» deya salbiy javob bergan.
- Bilasizmi, oilamiz har doim turli ishlar bilan band bo‘lgan. Bu degani biz to‘satdan va hech qanday sababsiz muvaffaqiyatga erishib boyib ketmaganmiz, — deydi milliarderning otasi.
Errol Maskning so‘zlariga ko‘ra, uning to‘ng‘ich o‘g‘li Ilon «o‘zi xohlaganchalik baxtli emas», «chunki o‘zini doim rejalaridan ortda qolgandek his qiladi». «Ya’ni u hozir qayerda bo‘lsa, besh yil oldinroq o‘sha yerda bo‘lishni xohlagan. Ilonning taraqqiyot yo‘lidan hafsalasi pir bo‘ldi», — deb tushuntiradi oila boshlig‘i.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni aylanib chiqqan Errol Ilonning Mikonosdagi ta’tilida tushgan suratlarini ko‘rib, o‘g‘lining diyetaga o‘tish vaqti kelganini eslatib o‘tdi. Yana «Ilon juda kuchli tanaga ega, lekin u yaxshi ovqatlanmaydi», deya qo‘shimcha qilgan u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi