Ukraina Rossiya bilan mojaro bo‘lishining oldini olish uchun NATOga qo‘shilish rejasidan voz kechishi va Qrimni Rossiyaniki deb tan olishi mumkin edi. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp The Clay Trevis and Buck Sexton Show efirida ma’lum qildi.
“Kamida ular bitim tuzishlari shart edi. Ular Qrimni berishlari mumkin edi. Ular NATOni biror bir narsa qilishlari mumkin edi, yaxshi, biz NATOga qo‘shilmoqchi emasmiz deb aytishlari mumkin edi, o‘shanda ularning mamlakati bo‘lgan bo‘lardi, chunki men o‘ylaymanki, Putin (Rossiya prezidenti) kelishuvga erishishni istardi", - dedi Tramp.
Uning fikricha, hozirgi sharoitda biror bir bitim tuzish g‘oyat mushkul bo‘ladi, biroq baribir bunga erishish uchun biror ish qilishdan voz kechmaslik zarur.
Rossiya 24 fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Prezident Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘z xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir. Ittifoqchi kuchlar allaqachon Lugansk Xalq Respublikasi va Donetskning muhim qismini, jumladan, Volnovaxa, Mariupol va Svyatogorskni to‘liq ozod qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi