Foto: «Kommersant’»
AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining har bir harakati salbiy siyosiy oqibatlarga olib keladi. U kecha Pelosi xonimning Tayvanga kelishini tanqid qilib, spikerni «aqldan ozgan» deb atadi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.
«Aqldan ozgan Nensi Tayvanda nima qilyapti? U doim muammo keltirib chiqaradi. Pelosi qilgan hech narsa yaxshilik bilan tugamaydi (ikki muvaffaqiyatsizlik — impichment, Vakillar palatasining yo‘qolishi), qarang!» — deb yozgan Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida.
Donald Tramp avval ham Pelosiga nisbatan Crazy Nancy (aqldan ozgan Nensi) laqabini bir necha bor ishlatgan. Sobiq prezident birinchi marta 2019 yil may oyida kongressmenning davlat rahbari lavozimidan chetlatish haqidagi chaqiriqlariga javoban ushbu laqabni ishlatgan:
- «Aqldan ozgan Nensi! Kecha uni kuzatdim va u butunlay telbaga aylangan edi. Men esa nihoyatda barqaror dahoman», — degan sobiq prezident.
Pelosi xonimga ishora qilganda, Donald Tramp «Nervous Nancy», «Nancy Antoinette» va «MS-13 Lover» laqabidan ham foydalangan.
2 iyul kuni Nensi Pelosi boshchiligidagi AQSH kongressmenlari delegatsiyasi Tayvanga tashrif bilan keldi va bu xalqaro noroziliklarga sabab bo‘ldi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pelosi xonimning kelishiga keskin norozilik bildirib, buni «katta siyosiy provokatsiya» va «Yagona Xitoy» tamoyilining buzilishi sifatida baholadi. AQSHning Xitoydagi elchisi Nikolas Berns ham Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”