Rossiya Misrning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Al-Hamra terminalidan foydalanib, g‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda neft eksport qilish yo‘lini topdi. Bu haqda 3 avgust, chorshanba kuni kema kuzatuvi ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 24 iyul kuni ertalab Al-Hamraga Crested tankeri orqali taxminan 700 ming barrel Rossiya nefti yetkazilgan. Bir necha soat o‘tgach, boshqa kema - Chris portdan neftni olib ketdi, unda Rossiya yonilg‘isining bir qismi yoki hammasi bo‘lishi mumkin. Al-Hamra terminali, ta’kidlanganidek, Misrning G‘arbiy cho‘lida qazib olingan neftni tashish uchun qurilgan, bu esa «rus neftini mahalliy bilan aralashtirish imkonini beradi».
Chris tankeri ayni damda Misrning Qizil dengiz sohilidagi Ras Shuhayr neft terminalida turibdi, deb xabar berdi Bloomberg. Ushbu terminal ham Rossiya neftini Misr nefti bilan aralashtirish imkonini beradi. «Rossiya neft ta’minoti yanada yashirin bo‘lib bormoqda, chunki yevropalik xaridorlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng undan voz kechgan», — deb yozadi agentlik.
Iyun oyi boshida The Wall Street Journal neft treyderlari Rossiya neftini AQSHga yetkazib berish taqiqini chetlab o‘tish yo‘llarini qidirayotgani haqida yozgan edi. Ular, masalan, rus nefti benzin, dizel yonilg‘isi yoki boshqa qayta ishlangan mahsulotlarda ishlatilganligini yashirishmoqda.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, qisman Rossiya neftidan ishlab chiqarilgan yonilg‘i yuki may oyida dengiz orqali Nyu-York va Nyu-Jersi shaharlariga yetib kelgan. U AQSHga Suvaysh kanali va Atlantika okeani orqali Rossiya neftining asosiy xaridorlari bo‘lgan Hindistondagi neftni qayta ishlash zavodlaridan olib kelingan.
Rossiyada qazib olingan neft, shuningdek, O‘rta Yer dengizi, Qora dengiz va G‘arbiy Afrika qirg‘oqlaridagi kemalarga yuklanadi, so‘ngra kelib chiqishi boshqa davlat ko‘rsatilgan holda nafaqat Xitoy va Hindistonga, balki Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib beriladi, deya qayd etgan nashr.
AQSH prezidenti Jo Bayden 8 mart kuni - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay - Rossiyadan neft va gaz importini taqiqlashini e’lon qildi. 3 iyun kuni Yevroittifoq Rossiya neftiga qisman embargo oltinchi sanksiyalar paketi doirasida kelishilganini e’lon qildi, ammo u bir qator Yevropa mamlakatlariga mahsulotni quvur orqali yetkazib berishga ta’sir qilmadi.
Sanksiyalar paketi Buyuk Britaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Rossiya neftini dengizda tashishni sug‘urtalashni taqiqlashni o‘z ichiga oladi, biroq global energetika inqirozi xavfi tufayli uni joriy etishni kechiktirishga qaror qilingan.
Sanksiyalar fonida Hindiston va Xitoy ularga sezilarli chegirma bilan yetkazib beriladigan Rossiya neftining importini oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi