23:34 / 04.08.2022
5 958

Rossiya harbiylari Suriya mudofaa vazirini sharmanda qildi

Rossiya harbiylari Suriya mudofaa vazirini sharmanda qildi
Yakshanba kuni Suriya mudofaa vaziri Ali Mahmud Abbos va Rossiyaning Suriyadagi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Cheko RF harbiy-dengiz flotiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Tadbirlar Tartus portida bo‘lib o‘tgan.

Rossiyaning “Izvestiya” gazetasi tomonidan e’lon qilingan videorolikda rus harbiylarining Abbosga Cheko ortidan asosiy harbiy kemaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaganini ko‘rish mumkin. shundan keyin Suriya mudofaa vaziri oddiy zobitlar qatorida turishga majbur bo‘lgan.

Ajoyib! Rossiya askari Suriya mudofaa vazirining Rossiya qo‘shinlari qo‘mondoni ortidan Tartus harbiy-dengiz bazasida hamrohlik qilishiga ruxsat bermadi”, – degan Farid Al-Maxlul nomli Twitter foydalanuvchisi.

Bu Suriya oliy rahbariyati bilan uchragan birinchi shu kabi holat emas. Hatto Bashar Asadning o‘zi 2017 yilda shu kabi holatga duch kelgandi. O‘shanda u Xmeymim aviabazasiga tashrif buyurgan Vladimir Putin bilan sayr qilmoqchi bo‘lganda, rus harbiylari bunga izn bermagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya harbiylari Suriya mudofaa vazirini sharmanda qildi