4 avgust kuni Rossiya nashrlari Ukraina harbiylari Donetskdagi drama teatrini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. Shu kuni bu yerda «DXR» qo‘mondoni Olga Kachuraning dafn marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Besh kishi halok bo‘lgan, olti kishi yaralangan.
4 avgustga o‘tar kechasi va erta tongda Xarkiv, Nikopol va Mikolayiv yana o‘qqa tutildi. Amnesty International tashkiloti Ukraina harbiylari turar joylarda bazalar qurayotgani va shu tariqa urush qonunlarini buzayotgani haqida hisobot berdi. Ukraina prezidenti ofisi buni rad etmoqda.
Meduza urushning 162-kuniga oid asosiy suratlarini e’lon qildi.
Xarkiv oblasti
Ukrain volontyorlari armiya uchun yostiq tikmoqda
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi pozitsiyada turgan «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi uchun raketalar ortilgan yuk mashinasi. Raketalar yonida — ukrain harbiysi. 4 avgust kuni Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Xarkiv oblastida Rossiya qo‘shini Bayrak — Gusarovka yo‘nalishida oldinga siljishga uringanini ma’lum qildi, u yerda harbiy harakatlar davom etmoqda.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina Xarkiv oblastidagi pozitsiyalar bo‘ylab «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk
Donetsk markazidagi («DXR» nazorati ostida) harbiy xizmatchilar Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘t ochilgan paytda xavfsiz joyga yugurmoqda. Rossiya matbuoti Ukraina harbiylari Donetskdagi «Korsoy» laqabli Olga Kachura bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tadigan drama teatrini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. TASS xabariga ko‘ra, Donbass Palace mehmonxonasi ham zarba ostida qolgan. Foto: Valentin Sprinchak / TASS
Donetskda tergovchilar Ukraina qurolli kuchlari hujumidan keyin odam halok bo‘lgan joyni tekshirmoqda. Rossiya nashrlari shaharni o‘qqa tutish chog‘ida besh kishi halok bo‘lgani, olti kishi jarohatlangani haqida xabar berdi
AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan Donbass Palace mehmonxonasining kirish eshiklari. Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin hodisa faktini tekshirishni topshirgan.
Denis Grigoryuk / TASS
Donbass shimoli
Baxmut aholisi vakili shahar o‘qqa tutilgandan keyin snaryad parchasidan yaralandi. Rossiya qo‘shinlari shaharni egallashga urinmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi xabar berishicha, ular endi Avdeyevka tomon ham oldinga siljmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbassdan evakuatsiya qilingan ayol Pokrovskda g‘arbga ketadigan poyezdga chiqmoqchi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbassliklar Pokrovskdagi evakuatsiya poyezdida. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning ma’lum qilishicha, urush boshidan buyon oblast aholisining uchdan ikki qismi evakuatsiya qilindi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut o‘qqa tutilgandan keyin o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut aholisi vakili narsalarini mashinaga ortib, shaharni tark etishga hozirlanmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastining Nikolayevka shahrida Rossiya hujumidan vayron bo‘lgan bino. 3 avgust kuni Rossiya mudofaa vazirligi xabar berishicha, Rossiya Aerokosmik kuchlari Nikolayevkada Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmasi vaqtincha joylashtirilgan nuqtaga zarba berib, 50 dan ortiq harbiy xizmatchini yo‘q qilgan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti Pokrovsk shahridagi qabriston xodimi Ukraina armiyasi askari Sergey Marchenko qabriga xoch o‘rnatmoqda. 26 yoshli Marchenko Donetsk oblastidagi artilleriya vzvodida xizmat qilgan. U 28 iyulda o‘ldirilgan.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?